info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

RAHBAR VA SPORTCHI YOSHLAR UCHRASHUVI: YUTUQLAR E’TIROF ETILDI, TASHABBUSLAR TINGLANDI

RAHBAR VA SPORTCHI YOSHLAR UCHRASHUVI: YUTUQLAR E’TIROF ETILDI, TASHABBUSLAR TINGLANDI

1 daq. 0 Ko'rishlar
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Denis Valeryevich Petropavlovskiy “O‘zkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan tarmoq korxonalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan korxona sportchi yoshlari bilan uchrashdi.

🤝 Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda sportchilar erishgan yutuqlar alohida e’tirof etilib, ularning musobaqalardagi munosib ishtiroki korxona jamoasi uchun katta faxr ekani ta’kidlandi.

✍️ Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar