Yangiliklar
MILLIY QADRIYATLAR VA IJODKOR AYOLLAR E’ZOZDA
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🎗 Tadbir “Ayol qadri ulug‘langan yurt” shiori hamda “Mustaqillikning ijodkor shukuhi” mavzusi ostida o‘tkazilib, unda korxonaning faol va ijodkor xotin-qizlari o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar.
✔️ Dastur davomida o‘zbek ayollarining hayoti, oiladagi o‘rni va milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Xalqona laparlar, dilbar kuy-qo‘shiqlar va “Kelin salom” marosimi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
👌 Bayram munosabati bilan “Milliy liboslar kuni” aksiyasi ham tashkil etildi. Unda xotin-qizlarimiz milliy matolar va betakror bezaklar uyg‘unlashgan liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi, nafis didi va qadimiy an’analarini namoyon etdilar.
▶️ Tadbir xotin-qizlarning jamiyat va korxona hayotidagi faolligini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.