info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

INNOVATSION G‘OYALAR — ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI SARI MUHIM QADAM

INNOVATSION G‘OYALAR — ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI SARI MUHIM QADAM

1 daq. 0 Ko'rishlar
▶️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, texnik yechimlarni rivojlantirish hamda xodimlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ilmiy-texnik kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

⚙️ Yig‘ilishda korxona xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan 9 ta ratsionalizatorlik taklifi taqdim etilib, ularning texnik imkoniyatlari, iqtisodiy samaradorligi va ishlab chiqarishga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi.

✅ Muhokamalar yakunida 5 ta taklif ratsionalizatorlik taklifi sifatida e’tirof etilib, ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

✔️Mazkur tashabbuslar texnologik jarayonlarni optimallashtirish, resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar